Ў — oʻzbek kirill alifbosining oʻttiz ikkinchi harfi. Til orqa, oʻrta keng, lablashgan unli tovushni ifodalaydi (ushbu unlining maʼno farqlovchi til oldi varianti ham ayni shu harf bilan ifodalanadi, yaʼni alohida belgiga ega emas). Qoʻllanishiga koʻra uncha faol boʻlmagan bu harf oʻzbekcha soʻzlarning asosan 1-boʻgʻinida uchraydi: oʻrdak, oʻrik, oʻroq, moʻgʻul, toʻgʻri, qoʻrqoq kabi; oʻzlashma soʻzlarda esa oxirgi boʻgʻinlarda ham qoʻllanishi mumkin: gulroʻ, obroʻ, roʻbaroʻ. Har qanday undosh bilan yonmayon kela oladi. Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda oʻziga xos belgi-shakllarga ega.

Kirill alifbosi harfi Ў
Kirill yozuvi
АБВГҐДЂ
ЃЕ(Ѐ)ЁЄЖЗ
ЅИ(Ѝ)ІЇЙЈ
КЛЉМНЊО
ПРСТЋЌУ
ЎФХЦЧЏШ
ЩЪЫЬЭЮЯ
Tarixiy harflar
(Ҁ)(Ѹ)Ѡ(Ѿ)(Ѻ)Ѣ
ѤІѢѦѪѨѬѮ
ѰѲѴ(Ѷ)Ын
Noslavyan tillari harflari
ӐӒӘӚӔԜҒ
ӺӶҔԀԂӖҼ
ҾӁҖӜԄҘӞ
ԐӠԆӤӢӀҊ
ҚҞҠӃҜԞԚ
ӅԒԠԈԔӍҤ
ԢԊҢӉӇӦӨ
ӪҨҦԤҎԖҪ
ԌҬԎӲӰӮҮ
ҰҲӼӾҺҴӴ
ҶӋҸӸҌӬԘ
Eslatma. Qavs ichidagi belgilar (mustaqil) harf maqomiga ega emas.

Ў, ў[o] tovushini aks ettiruvchi oʻzbek kirill alifbosining 30-harfi[1], hozirgi oʻzbek lotin alifbosida unga harfi mos keladi. Bu harf lotin alifbosida okina (ʻ) belgisi bilan yoziladi.

Ў harfi yozilish shakli boʻyicha У harfini takrorlaydi, Й harfiga oʻxshab qisqa belgisi qoʻshilgan.

2003-yil sentabr oyida "Belorus yozuvi kunlari"ning oʻninchi nishonlanishida Polotskda Ў harfi sharafiga yodgorlik oʻrnatildi. Birinchi yodgorlik gʻoyasi koʻp yillar davomida badiiy bosma harflarni oʻrgangan belorus kaligrafi professor Pavel Semchenkoga tegishli.

«Ў» harfi boshqa kirill alifbolarida

tahrir

Kodlar jadvali

tahrir
KodlanishiRegistrOʻnlik
kod
Oʻn oltilik-
kod
Sakkizlik
kod
Ikkilik kod
Yunikod
(yaxlit)
Bosh harf1038040E00201600000100 00001110
Kichik harf1118045E00213600000100 01011110
Yunikod
(ajralgan)
Bosh harf694033980423 03060041060140600000100 00100011 00000011 00000110
Kichik harf715005500443 03060042060140600000100 01000011 00000011 00000110
ISO 8859-5Bosh harf174AE25610101110
Kichik harf254FE37511111110
KOI 8
(ayr. var.)
Bosh harf190BE27610111110
Kichik harf174AE25610101110
Windows 1251Bosh harf161A124110100001
Kichik harf162A224210100010

HTMLda Ў bosh harfini Ў yoki Ў kabi, ў kichik harfini esa — ў yoki ў kabi yozish mumkin.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Xojiyev A. P. Узбекский язык // Языки мира: Тюркские языки. — M.: Институт языкознания РАН, 1996. — С. 427. — (Языки Евразии).