Abdoulay Diaby (talaffuzi: Abdulye Diabi; 1991-yil 21-mayda Fransiyada tugʻilgan) — fransuz futbolchi, Amirlikning „Al-Jazira“ klubi va Mali terma jamoasi hujumchisi.

Abdoulay Diaby
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiAbdoulay Diaby
Tavallud sanasi21-may 1991-yil (1991-05-21) (33 yosh)
Tavallud joyiNanterre, Fransiya
Boʻyi1.73 m
Ampluasihujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al Jazira
Raqami21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sedan
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2009—2013Sedan66(16)
2013—2015Lille3(0)
2013—2015→ Mouscron-Péruwelz (ijara)37(15)
2015—2018Club Brugge67(24)
2018—2021Sporting CP31(2)
2019—2020→ Beşiktaş (ijara)31(5)
2020—2021→ Getafe (ijara)1(0)
2021→ Anderlecht (ijara)9(1)
2021—Al Jazira27(10)
Milliy terma jamoa
2014—Mali26(7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-oktyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Abdoulay Diaby „Sedan“ futbol klubi bitiruvchisi. 2010-yilning 4-mayida u „Dijon“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan[1]. 2011-yil 11-mart kuni Istra futbol klubiga qarshi bahsda Abdoulay Diaby „Sedan“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[2]. 2013-yilning yozida u „Lille“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan, ammo oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi uchun uni darhol Belgiyaning „Mouscron-Péruwelz“ futbol klubiga ijaraga berishgan. 10-avgust kuni „WhiteStar“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Abdoulay Diaby Belgiya ikkinchi divizionida debyut qilgan[3]. 4-sentyabr kuni „Eintracht“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Abdoulay Diaby yangi klubi safida ilk golini urgan[4]. Mavsum oxirida u jamoaning elita ligaga chiqishiga yordam bergan. 2014-yil 27-iyul kuni „Anderlecht“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Abdulaye Jupile ligasida debyut qilgan[5]. 2-avgust kuni „Waasland Beveren“ futbol klubiga qarshi bahsda Abdoulay Diaby Belgiya oliy divizionidagi ilk golini urgan[6]. Mavsum yakunida u 12 ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan va chempionatning eng yaxshi 10 ta hujumchisi qatoriga kirgan. 28-fevral kuni Abdoulay Diaby „Olympique de Marseille“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qilgan[7].

2018-yilning yozida Abdoulay Diaby Lissabonning „Sporting“ futbol klubiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 5 million yevroni tashkil qilgan[8].

Xalqaro faoliyati

tahrir

2014-yilning 11-oktyabr kuni Abdoulay Diaby Afrika kubogi saralashida Efiopiyaga qarshi o‘yinda Malida debyut[9]. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urgan.

2015-yilda Abdoulay Diaby Ekvatorial Gvineyada boʻlib oʻtadigan Afrika kubogi uchun daʼvogarga kiritilgan edi. Turnirda u Gvineyaga qarshi bahsda ishtirok etgan[10].

2019-yilning yozida Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida Abdoulay Diaby oʻz terma jamoasiga chaqirilgan . Mavritaniyaga qarshi birinchi oʻyinda u 37-daqiqada gol urgan va jamoa 4:1 hisobida gʻalaba qozongan.

Statistikasi

tahrir
JamoaMamlakatMavsum
C. S. Sedan Fransiya2010—2013
Lille O. S. C. Fransiya2013—2015
Royal Mouscron-Péruwelz (ijara) Belgiya2013—2015
Club Brujas Belgiya2015—2018
Sporting C. P. Portugaliya2018—2021
Beşiktaş J. K. (ijara) Turkiya2019—2020
Getafe C. F. (ijara) Ispaniya2020—2021
R. S. C. Anderlecht (ijara) Belgiya2021
Al-Jazira S. C. Birlashgan Arab Amirliklari2021

Manbalar

tahrir
  1. „Дижон VS. Седан 3:1“ (ru). soccerway.com (2010-yil 4-may). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  2. „Истр VS. Седан 5:3“ (ru). soccerway.com (2011-yil 11-mart). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  3. „Мускрон-Перювельз VS. Уйат Стар 2:1“ (ru). soccerway.com (2013-yil 10-avgust). 2013-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  4. „Эйндрахт Альтс VS. Мускрон-Перювельз 2:3“ (ru). soccerway.com (2013-yil 4-sentyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  5. „Андерлехт VS. Мускрон-Перювельз 3:1“ (ru). soccerway.com (2014-yil 27-iyul). 2015-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  6. „Мускрон-Перювельз VS. Васланд-Беверен 1:0“ (ru). soccerway.com (2014-yil 2-avgust). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  7. „Лилль VS. Марсель 2:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 28-fevral). 2015-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  8. „«Спортинг» приобрел форварда «Брюгге» Диаби“ (ru). sports.ru (2018-yil 21-avgust). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-avgust.
  9. „Эфиопия VS. Мали 0:2“ (ru). soccerway.com (2014-yil 11-oktyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  10. „Гвинея VS. Мали 1:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 28-yanvar). 2015-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.