Alyona Igorevna Leonova (ruscha: Алёна Игоревна Леонова; 1990-yil 23-noyabr) — sobiq rossiyalik figurali uchuvchi. Alyona 2012-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2011-yilgi Gran-pri finali bronza medali sovrindori, 2009-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni va uch karra (2010—2012) Rossiya milliy chempionati ishtirokchisi.

Alyona Leonova
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Alyona Leonova
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Leningrad
Murabbiyi Yevgeniy Rukavitsin
Jamoasi Olympic School St. Petersburg
Oldingi jamoalari Vorobyevye Gori
Uchishni boshlagan 1993
Yakunlagan 2021

Faoliyati

tahrir

Leonova toʻrt yoshida konkida uchishni boshladi. Dastlab Leonovaga Marina Vaxrameyeva murabbiylik qilgan, keyinchalik Tatyana Mishina guruhiga oʻtgan.

Leonova oʻzining oʻsmirlik faoliyatida ikki karra Nice kubogi oltin medali sohibiga aylandi va 2007-yilda Ruminiyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2008-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida ham kumush medalni qoʻlga kiritdi. Leonova 2008-yil avgust oyida oyogʻidan jarohatlandi. U 2009-yilgi Yevropa chempionatida toʻrtinchi oʻrindan joy oldi. Leonova 2009-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Leonova 2010—2011-yilgi mavsumini Kupa de Nice 2010 turnirida boshlagan va u yerda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Finlandia Trophy 2010 va Cup of China 2010 turmirida bir juft bronza medalini qoʻlga kiritgach, 2011-yilgi Rossiya chempionatida yana bir kumush medalni qoʻlga kiritdi. Leonova 2011-yilgi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Musobaqadan soʻng u Moskvada Nikolay Morozov murabbiyligida mashq qila boshladi.

Leonova murabbiylari bilan: Nikolay Morozov (chapda) va Alla Piatova (oʻngda)

Leonova 2011—2012-yilgi mavsumda uchta Gran-pri musobaqalarida qatnashishga qaror qildi. 2011-yilgi Skate Canada musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, ikkinchi Gran-pri finaliga yoʻllanma olish uchun NHK Trophy 2011 musobaqasida bronza va 2011-yilgi Rossiya kubogida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Gran-pri finalida u bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Leonova 2012-yilgi Rossiya chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2012-yilgi Yevropa chempionatida yettinchi oʻrinni egallab, erkin dasturda konkida uchish paytida chap tizzasidan jarohat oldi. Leonova 2012-yilgi Jahon chempionatida qisqa dastur boʻyicha birinchi oʻrinni egallab, oʻzining birinchi jahon chempionati medali — kumushni qoʻlga kiritdi. Leonova 2012-yilgi Jahon terma jamoasi kubogida Rossiya terma jamoasi sardori etib tayinlandi.

Leonova 2014-yil iyun oyida Sankt-Peterburgda murabbiy Yevgeniy Rukavitsin qoʻl ostida mashgʻulotlarni boshladi. Alyona 2014—2015-yilgi mavsumni Nebelhorn Trophy 2014 turnirida kumush medalni qoʻlga kirtigan holda boshlagan. Uning 2014—2015-yilgi Gran-pri bosqichlari Skate Canada International 2014 va NHK Trophy 2014 turniri boʻlgan[1]. Turnirlarda ishtirok etganidan soʻng, Leonova 2016-yilgi Rossiya chempionatida toʻqqizinchi oʻrindan joy olgan. U mavsumni Rossiya kubogi finalida gʻalaba bilan yakunlagan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Alyona Igorevna Leonova 1990-yil 23-noyabrda Sankt-Peterburgda (Leningrad) tugʻilgan. Uning singlisi va akasi bor, ikkalasi ham yoshligida konkida uchish bilan shugʻullangan.

2019-yil aprel oyida Leonova figurali uchuvchi Anton Shulepovga turmushga chiqdi. Leonova 2022-yil 18-fevralda oʻgʻil farzaㅤini dunyoga keltirdi[2].

Natijalari

tahrir
Leonova NHK Trophy 2011 turnirida

GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari

Xalqaro
Musobaqa06–0707-0808-0909-1010-1111-1212-1313-1414-1515-1616-1717-1818-19
Olimpiya9ㅤ
Jahon chempionati7ㅤ13ㅤ4ㅤ2ㅤ13ㅤ
Yevropa chempionati4ㅤ7ㅤ5ㅤ7ㅤ4ㅤ
GP Final6ㅤ3ㅤ
GP Cup of China7ㅤ3ㅤ
GP NHK Trophy2ㅤ3ㅤ7ㅤ2ㅤ8ㅤWD6ㅤ7ㅤ
GP Rostelecom5ㅤ3ㅤ9ㅤ2ㅤ6ㅤ
GP Skate America7ㅤ7ㅤ
GP Skate Canada4ㅤWD6ㅤ8ㅤ
GP Fransiya12ㅤ
CS Finlaㅤiya5ㅤ
CS Golden Spin4ㅤ3ㅤ
CS Ice Challenge4ㅤ
CS Nebelhorn2ㅤ2ㅤ
CS Ondrej Nepela6ㅤ5ㅤ
Unversiada1ㅤ5ㅤ
Cup of Nice2ㅤ1ㅤ2ㅤ4ㅤ
Finlandia Trophy1ㅤ3ㅤ
Merano Cup1ㅤ
Xalqaro: (oʻsmirlar)
Musobaqa06-0707-0808-0909-1010-1111-1212-1313-1414-1515-1616-1717-1818-19
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati12ㅤ6ㅤ1ㅤ
JGP Croatia5ㅤ
JGP Romania2ㅤ
Cup of Nice1ㅤ J1ㅤ J
Milliy
Rossiya chempionati7ㅤ7ㅤ5ㅤ2ㅤ2ㅤ3ㅤ7ㅤ5ㅤ7ㅤ9ㅤ13ㅤ15ㅤ12ㅤ
Oʻsmirlar ortasidagi rossiya chempionati2ㅤ2ㅤ
Jamoaviy musobaqalar
World Team Trophy5ㅤ T

6ㅤ P
5ㅤ T

7ㅤ P
Japan Open2ㅤ T

4ㅤ P
3ㅤ T

4ㅤ P
J = oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqadan chiqib ketgan
T = Jamoaviy natija; P = Shaxsiy natija.

Manbalar

tahrir

Andoza:Figurali uchish bo‘yicha Finlandia Trophy chempionati — ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslariAndoza:Figurali uchish boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati — ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari