Cole Sillinger (talaffuzi: Koul Sillinger, 2003-yil 16-mayda tugʻilgan) — Kanada Milliy Xokkey Ligasining (NHL) Columbus Blue Jackets jamoasida oʻynagan[1]. Sillinger 2021-yilgi NHL draftida Blue Jackets jamoasi tomonidan 12-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlab olingan.

Cole Sillinger
Tugʻilgan joyi16-may 2003-yil (2003-05-16) (21 yosh)
Columbus, Ohio, AQSh
Boʻyi6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi201 lb (91 kg; 14 st 5 lb)
PozitsiyasiMarkaziy oʻyinchi
Maydondagi joylashgan oʻrniChap qanot
NHLColumbus Blue Jackets
Milliy jamoa Kanada
NHLga kirish drafti1-oʻrin, 2021
Columbus Blue Jackets
Jamoalardagi faoliyat2021—hozirgacha

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Sillinger Gʻarbiy Xokkey Ligasining Medicine Hat Tigers jamoasi tomonidan 2018-yilgi WHL Bantam draftida 11-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan[2]. U 2018—2019-yillarda Tigers jamoasida 4 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Sillinger 2019—2020-yilgi mavsumda Tigers safida ochkolar soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallab, jamoa bilan 48 ta o‘yinda 22 ta gol va 53 ochko jamg‘argan.

NHL Markaziy byurosi Sillingerni 2021-yilgi NHL drafti oldidan Shimoliy Amerikadagi eng yaxshi 10-chi konkida uchuvchi oʻyinchi sifatida baholagan. 2021-yil 23-iyulda Sillinger 2021-yilgi draftda Blue Jackets jamoasi tomonidan 12-o‘rinda jamoaga tanlangan[3].

2022-yil 13-mart kuni Sillinger Vegas Golden Knights jamoasiga qarshi o‘yinda Blue Jackets bilan NHLdagi ilk xet-trikini qayd etgan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Cole Sillinger 2003-yil 16-mayda Ogayo shtati Columbus shahrida tug‘ilgan[4]. Ammo Sillinger Saskachevanning Regina shahrida oʻsgan. Uning xokkey oʻynaydigan ikkita akasi bor. Owen Sillinger Amerika xokkey ligasining Cleveland Monsters jamoasi aʼzosi va faoliyatining koʻp qismini Bemidji davlat universiteti jamoasida oʻtkazgan. Cole faoliyati davomida Phoenix Coyotes, St. Louis Blues va New York Islanders jamoalarida oʻynagan.

Faoliyat statistikasi

tahrir

Doimiy mavsum va pley-off oʻyinlari

tahrir
Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP Oʻynalgan oʻyinlar G Gollar A Uzatmalar Pts Jamoa toʻplagan ochkolari PIM Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsumPley-off
MavsumJamoaLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM
2018—2019Regina Pat CanadiansSMAAAHL39314576448471124
2018—2019Medicine Hat TigersWHL4022061010
2019—2020Medicine Hat TigersWHL4822315322
2020—2021Sioux Falls StampedeUSHL3124224639
2021—2022Columbus Blue JacketsNHL7916153137
NHLdagi umumiy ochkolari7916153137
Medal soni
 Kanada vakili
Muz xokkeyi
Xokkey bo‘yicha jahon chempionati
Kumush2022-yilgi IIHF jahon chempionati

Xalqaro mukofotlari

tahrir
YilJamoaMusobaqaNatijaGPGAPtsPIM
2019Canada WhiteU17465052
2022CanadaWC 103038
Oʻsmirlar jamoasidagi mukofotlari65052

Manbalar

tahrir
  1. „Cole Sillinger at eliteprospects.com“ (en). www.eliteprospects.com. Qaraldi: 2021-yil 24-iyul.
  2. „TIGERS SELECT COLE SILLINGER WITH THE 11TH OVERALL PICK – Medicine Hat Tigers“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 24-iyul.
  3. „CBJ select Sioux Falls center Cole Sillinger with 12th overall pick“ (en-US). NHL.com. Qaraldi: 2021-yil 24-iyul.
  4. Masters. „Mark Masters: 'Elite scorer' Cole Sillinger seeks family bragging rights at NHL draft - TSN.ca“ (en). TSN (2021-yil 22-iyul). Qaraldi: 2021-yil 24-iyul.