Dennis Aogo (1987-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, chap qanot va yarim himoyachi sifatida oʻynagan[2][3].

Dennis Aogo
Aogo, 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiDennis Aogo[1]
Tavallud sanasi14-yanvar 1987-yil (1987-01-14) (37 yosh)
Tavallud joyiKarlsruhe, Germaniya
Boʻyi1.84 m
AmpluasiHimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1991—1993FV Grünwinkel
1993—1994Bulacher SC
1994—2000Karlsruher SC
2000—2002Waldhof Mannheim
2002—2004SC Freiburg
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2004—2008SC Freiburg94(11)
2008—2013Hamburger SV133(2)
2013—2017Schalke 0465(0)
2017—2019VfB Stuttgart44(0)
2019—2020Hannover 964(0)
Milliy terma jamoa
2002—2003Germaniya U1614(2)
2007—2009Germaniya U2125(4)
2010—2013Germaniya12(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yoshligi

tahrir

Aogo Baden-Vyurtembergning Karlsrue shahri janubi-gʻarbiy qismida joylashgan Oberreutida oʻsgan. 2000-yilda, ota-onasi ajrashganida, otasi bilan Bruchsalga koʻchib oʻtdi va Karlsruher SCni tark etib, Waldhof Mannheimga qoʻshildi. 2002-yilda, 15 yoshida, SC Freiburgga qoʻshildi[4][5].

Klublardagi faoliyati

tahrir
2009-yilda Aogo Hamburger SV bilan

Aogo Karlsruher SC akademiyasi bilan oʻynagan va bir nechta yoshlar darajasida ishtirok etgan. 2004-yildan beri SC Freiburg akademiyasi aʼzosi edi va oʻn yetti yoshida Bundesligadagi debyutini nishonladi[6].

Aogo 2008-yilda Bundesliganing „Hamburger SV“ klubiga qoʻshilgan va asosiy tarkibda, asosan chap qanot himoyachisi sifatida ishtirok etgan[7]. 2013-yil 29-avgustda Aogo „Schalke 04“ga ijaraga berildi. Keyin S04 2014-yil iyun oyida 2 000 000 yevroga transfer narxini kelishib oldi. Aogo „Shalke 04“ bilan 2017-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi[8][9].

2017-yil 9-avgustda Aogo VfB Stuttgartga koʻchib oʻtdi[10].

2019-yil 3-sentyabrda Hannover 96 Aogoni tekinga olganini eʼlon qildi[11]. 2020-yilning yanvarida klub bilan shartnomasini bekor qilishga kelishib oldi[12].

Xalqaro faoliyati

tahrir
Aogo Germaniya terma jamoasi bilan

Aogo otasining vatani Nigeriya uni 2010-yilda Janubiy Afrikada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga chaqirmoqchi edi[13], ammo Aogo 2010-yil 5-yanvarda faqat Germaniya milliy terma jamoasi uchun oʻynashini eʼlon qildi. 2010-yil 13-may kuni Maltaga qarshi dastlabki tayyorgarlik oʻyinida 79 daqiqa oʻynadi. Aogo Germaniya terma jamoasining 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati tarkibiga kiritilgandi[14]. Oxirgi marta jamoasi tarkibida 2013-yil iyun oyining boshida oʻynadi va gʻalaba qozonishdi[15].

Oʻyin uslubi

tahrir

Germaniya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Horst Hrubesch haqida: „U chap oyogʻi bilan juda yaxshi oʻynay oladi, futbol maydonida taktik jihatdan moslashuvchan va yaxshi diagonal toʻplarni uzatib, hujumchilarga hujum boshlashga imkoniyat bera oladi“[16].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Onasi nemis va otada nigeriyalik. Aogo ilgari Germaniyaning Country-Pop guruhi Mayor’s Destinydagi bass ijrochisi Alessia Walch bilan unashtirilgan[17].

Aogo Germaniyadagi eng yuqori sport mukofoti — Silbernes Lorbeerblattni olgan[18][19].

Faoliyat statistikasi

tahrir
KlubMavsumLigaMilliy kubokYevropaBoshqaJamiManba
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
SC Freiburg2004—2005Bundesliga151000000151
2005—20062. Bundesliga276000000276[20]
2006—2007190000000190[20]
2007—2008334000000334[20]
Jami94110000009411-
Hamburger SV2008—2009Bundesliga2300011000340[20]
2009—20103102015000480[20]
2010—2011200000000200[20]
2011—2012300310000331[20]
2012—2013272100000282[20]
2013—20142000000020[20]
Jami133261260001653-
Schalke 042013—2014Bundesliga100105000160[20]
2014—2015250007100321[20]
2015—2016230205000300[20]
2016—201770215100142[20]
Jami6505122200923-
VfB Stuttgart2017—2018Bundesliga290100000300[20]
2018—2019150100010170[20]
Jami4402000104717-
Hannover 962019—20202. Bundesliga4000000040[20]
Jami faoliyati340131324821040217-

Xalqaro

tahrir
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoaYilishtirokGollarManba
Germaniya2010-yil30[21]
2011-yil60
2012-yil10
2013-yil20
Jami120

Yutuqlari

tahrir

Germaniya U21

  • 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2009-yil

Germaniya

Individual

Maʼlumotnomalar

tahrir
  1. „FIFA World Cup South Africa 2010: List of Players: Germany“. FIFA (12-iyun 2010-yil). 18-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Watford reportedly chase out-of-contract Dennis Aogo with the Schalke 04 defender due to leave this month‚ watfordobserver.co.uk, 5 June 2017
  3. „Aogo erteilt Nigeria Absage“ (de). handelsblatt.com (2010-yil 22-yanvar). 2010-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  4. „Dennis Aogo: "Bin schon ein bisschen ein Chaot"“. Fudder (28-mart 2008-yil). 2011-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel 2011-yil.
  5. „Bericht Freiburger Fußballschule“. SC Freiburg. 2010-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel 2011-yil.
  6. „Dennis Aogo set to join Schalke on loan“. Gazprom-football.com (29-avgust 2013-yil). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2014-yil.
  7. „Vereine“ (olmoncha). Dennis Aogo. 2012-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2011-yil.
  8. „Vertrag bis 2017: Dennis Aogo bleibt ein Schalker“ (olmoncha). schalke04.de (12-fevral 2014-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2014-yil.
  9. „Schalke to sign Hamburg defender Aogo on loan“. Qaraldi: 28-avgust 2013-yil.
  10. „VfB sign Dennis Aogo“. vfb.de. VfB Stuttgart (9-avgust 2017-yil). Qaraldi: 9-avgust 2017-yil.
  11. „Neuzugänge mit viel Erfahrung: Aogo und Stendera verstärken 96“ (olmoncha). hannover96.de. Hannover 96 (3-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2019-yil.
  12. „"Es hat vielleicht einfach nicht sollen sein": Dennis Aogo verlässt Hannover 96“ (olmoncha). Sportbuzzer (29-yanvar 2020-yil). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  13. „HSV-Star Dennis Aogo Nigeria will ihn für die WM“ (olmoncha). Sportbild (25-noyabr 2009-yil). 2009-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2010-yil.
  14. „FIFA World Cup South Africa 2010 | List of Players“. FIFA (4-iyun 2010-yil). 16-iyun 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-aprel 2019-yil.
  15. Arnhold. „Dennis Aogo - International Appearances“. RSSSF.com (8-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2020-yil.
  16. Ulrich. „Der Casting-Gewinner“ (olmoncha). 11 Freunde (2-iyun 2010-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2014-yil.
  17. „WM-Splitter: Sicherheitsbedenken bleiben – Blatter dementiert“ (olmoncha). freenet.de (10-iyun 2010-yil). Qaraldi: 18-iyun 2010-yil.
  18. 18,0 18,1 „Silbernes Lorbeerblatt für HSV-Profis“ (olmoncha). Hamburger SV (5-oktabr 2010-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2014-yil.
  19. 19,0 19,1 Rose, Martin. „Silbernes Lorbeerblatt Award“. Getty Images (5-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2014-yil.
  20. 20,00 20,01 20,02 20,03 20,04 20,05 20,06 20,07 20,08 20,09 20,10 20,11 20,12 20,13 20,14 20,15 Dennis Aogo Soccerway saytida
  21. Dennis Aogo at National-Football-Teams.com