Gonzalo Higuaín

Gonsalo Xerardo Iguain (ispancha: Gonzalo Gerardo Higuaín; 10-dekabr 1987, Brest, Fransiya) — argentinalik futbolchi, Argentina terma jamoasi va Inter Mayami klubi hujumchisi [1]

Gonsalo Iguain
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiGonzalo Gerardo Higuaín
Tavallud sanasi10-dekabr 1987-yil (1987-12-10) (36 yosh)
Tavallud joyiBrest, Fransiya bayrogʻi Fransiya
Boʻyi184 sm
Ampluasihujumchi
LaqabiPipita
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gonzalo Higuaín Inter Mayami
Raqami9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
River Pleyt
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2004—2006
2007 — hz.
River Pleyt
Real Madrid
(35 (13)
161 (92))
Milliy terma jamoa
2008
2009 — hz.
Argentina (olimp.)
Argentina
(1 (2)
23 (12))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hayoti

tahrir

Gonsalo argentinalik professional futbolchi oilasida tugʻildi. Otasi Xorxe Iguain (1957-yil 8-iyunda tugʻilgan) oʻsha vaqtlarda Fransiyaning Brest jamoasida himoya chizigʻida toʻp surardi. Farzandi 10 oylik boʻlganida, ota-onasi Argentina qaytishdi. Shu asnoda Gonsalo Iguain fransuzcha bilmasa ham Fransiyaning pasportiga ega boʻlgan. 2006-yilda Iguainni Argentina ham Fransiya ham oʻz tarkibiga chaqirdi, lekin oʻylab koʻrishga vaqt olgan holda ikkalasiga ham rad javobini berdi. Keyinroq u Argentina terma jamoasi safiga qoʻshilishga qaror qildi[2]. Gonsaloning katta akasi Federiko Iguain (1984-yil 25-oktabrda tugʻilgan) ham professional futbolchi sifatida „River Pleyt“, „Independiente“, „Beshiktosh“ jamoalari hujum chizigʻida faoliyat olib borgan.

20042006 yillar mobaynida „River Pleyt“ safida oʻynab yurdi. 2007-yildan eʼtiboran u Real Madrid jamoasi hujumchisi sifatida maydonga chiqa boshladi. 2008/09 mavsumda Ispaniya chempionati davomida u 22 ta toʻp kiritdi, 2009/10 mavsumda esa 27 ta (chempionat toʻpurarlari roʻyxatida Lionel Messidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan) toʻp kiritgan.

JARda oʻtkazilgan 2010-yilgi Jahon chempionatida 22 yoshli Iguain musobaqaning birinchi xet-trigini Janubiy Koreya darvoza kiritdi (4:1). Gonsalo uchun bu milliy termadagi atigi 7-nchi oʻyini edi. Iguain argentinaliklar orasida Jahon chempionatidagi bitta oʻyinda 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan Gilermo Stabile (1930) va Gabriel Batistuta (1994 va 1998)lardan keyingi 3-nchi oʻyinchi boʻldi[2]. Iguainning xet-trigi chempionat tarixidagi 49-nchi va 2002-yildan beri esa 1-nchisi boʻldi. 1/8 finalda Meksika bilan boʻlgan bahsda Gonsalo yana bitta gol urishga muvaffaq boʻldi. 1/4 finalda esa argentinaliklar nemislar tarafidan 0:4 hisobidagi ogʻir magʻlubiyatdan soʻng, musobaqani tark etdilar.

2012-yil 31-martida Gonsalo „Real“ning 2011/12 Ispaniya chempionatidagi 100-nchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi.

Erishgan natijalari

tahrir

Jamoada

tahrir
„Real Madrid“

Shahsiy

tahrir
  • 2006-yildagi Argentina chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi.

Statistika

tahrir

Jamoada

tahrir

2012-yil 13 may holatiga.

JamoaMavsumLigaKubokYevrokuboklarBoshqaJami
GAGAGAGAGA
River Pleyt2004/05600000000-600
2005/061255510420-2185
2006/07171011000200100201011
Jami351516510620100471816
Real Madrid2006/071923200200-2323
2007/082583410500-3493
2008/093422921070011044249
2009/1032275100721-40296
2010/1117106210620-25136
2011/12352275121231200542610
Jami16291331642397231022010337
Faoliyatida jami197106492152459241026712153

Milliy terma jamoada

tahrir
MamlakatJamoaMavsumOʻyinGollarAssistent
ArgentinaReal Madrid2009310
20101062
2011951
2012313
Jami25136

Izohlar

tahrir
  1. Iguain zabil 700-y gol „Reala“ v evrokubkax[sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 Iguain sdelal vibor. I ne progadal (Wayback Machine saytida 2010-06-21 sanasida arxivlangan) — "Sport-Ekspress", 18 iyun 2010

Havolalar

tahrir