Jack Frank Porteous Cork

Jack Frank Porteous Cork (inglizcha: Jack Frank Porteous Cork; 25-iyun 1989-yil, London, Angliya) — ingliz futbolchisi, „Byornli“ yarim himoyachisi sifatida faoliyat olib boradi.

Jack Frank Porteous CorkFutbol
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ism sharifiJack Frank

Porteous Cork

Tugʻilgan

25-iyun1989-yil

(33 yosh)

London, Angliya

Fuqaroligi

Flag Anglii Angliya

Boʻyi

183 cm

Pozitsiyasi

Yarim himoyachi

Klub haqida maʼlumotlar
Klub

Flag Anglii Bernli

Raqam

4

Yoshlar klubi
1998—2006Flag Anglii Chelsea
Klub faoliyati
2006—2011Flag Anglii Chelsea0 (0)
2006—2007Flag Anglii Bornmut7 (0)
2007—2008Flag Anglii Skantorp United34 (2)
2008Flag Anglii Sautgempton23 (0)
2009Flag Anglii Uotford19 (0)
2009—2010Flag Anglii Koventri City21 (0)
2010—2011Flag Anglii Bernli51 (4)
2011—2015Flag Anglii Sautgempton115 (2)
2015—2017Flag Anglii Suonsi City90 (2)
2017—h.k.Flag Anglii Bernli105 (3)
Milliy terma jamoa
2005Flag Anglii Angliya (U16)3 (0)
2005—2006Flag Anglii Angliya (U17)7 (0)
2006Flag Anglii Angliya (U18)1 (0)
2007—2008Flag Anglii Angliya (U19)14 (0)
2009Flag Anglii Angliya (U20)1 (0)
2008—2011Flag Anglii Angliya (U 21)13 (0)
2012Flag Velikobritanii Angliya (olimp.)4 (0)
2017Flag Anglii Angliya1 (0)
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Jack Cork to‘qqiz yoshidan boshlab „Chelsea“ futbol akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. Akademiyani tugatgach, u yoshlar jamoasiga o‘tkazildi hamda u yerda ham o‘rinbosarlar jamoasida o‘ynab, ularning sardori bo‘lgan.

2006-2007-yilgi mavsumda Cork ikki marta „Bornmut“ga ijaraga berilgan. Jack 2007-yilning yozida, Li Soyer oʻyinni tark etishga majbur boʻlganidan keyin, Amerika Qoʻshma Shtatlariga mavsumoldi gastrol safariga borgan futbolchilar roʻyxatiga kiritilgan. U 14-iyul kuni Amerikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida jamoadagi ilk debyutini oʻtkazgan. U koʻp turlarda chap qanotda oʻynagan[1].

2007-2008-yilgi mavsum, Cork „Skuntorp United“ga ijaraga berildi. 35 oʻyindan keyin, Skuntorp yakunda Futbol Ligasi chempionatidan tushib ketganiga qaramay, u yilning eng yaxshi klub oʻyinchisi boʻlib qolaverdi[2]. Uning Skuntorpdagi birinchi goli 2007-yil 27-noyabrda 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan „Koventri City“ga qarshi o‘yinda, ikkinchi gol esa jamoasiga 2008-yil 1-martda o‘sha „Koventri City“ga qarshi o‘z uyida 2:1 hisobida g‘alaba qozonishga yordam bergan edi[3][4].

2008-yilning avgustida Cork „Sautgempton“ga 2009-yilning 1- yanvarigacha ijara asosida oʻtdi.

2009-yilning yanvarida u ham 2008-2009-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Uotford“ga oʻtdi[5]. 2009-yil 24-yanvarda Kork „Uotford“ safidagi ilk golini Angliya kubogi 4-raundida „Kristal Pelas“ ustidan 4-3 hisobida zafar quchgan[6].

2009-yil 21-avgustda Cork "Chelsea" bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

2010-yilning 1-fevralida Cork „Byornli“ga mavsum oxirigacha ijara asosida qoʻshildi[7].

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Cork koʻplab xalqaro yoshlar darajasida Angliyani himoya qilgan. U 2008-yilda 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagiYevropa chempionatida Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilari sardori boʻlgan edi[8].

Asosiy jamoadagi debyut 2017-yil 10- noyabrda Germaniya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida boʻlib oʻtgan. Jack 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. Uchrashuv golsiz durang bilan yakunlangan[9].

Statistika

tahrir
2017-yil 10-noyabr holatida[10]
Milliy jamoaYilOʻyinlarGollar
Angliya milliy terma jamoasi201710
Jami10

Manbalar

tahrir
  1. „Minute Detail: Chelsea 2 Club America 1“. chelseafc.com (2008-yil 21-avgust). 2007-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-dekabr. Broken link
  2. „Cork Loan to Saints“. chelseafc.com (2008-yil 21-avgust). 2012-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-dekabr.
  3. „Coventry 1 Scunthorpe 1: 27 November 2007 (Match summary)“. soccerbase.com. 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-dekabr.
  4. „Scunthorpe 2 Coventry 1: 1 March 2008 (Match summary)“. soccerbase.com. 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-dekabr.
  5. „Cork Loan to Watford“. chelseafc.com (2009-yil 24-yanvar). 2009-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 1-sentyabr.
  6. „Watford 4–3 Crystal Palace“. BBC (2009-yil 24-yanvar). 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 1-sentyabr.
  7. „Burnley boss delighted with signing of Chelsea youngster“. ontheminute.com. 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-fevral.
  8. „Lions grab consolation“. thefa.com (2011-yil 7-iyul). 2008-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-iyul.
  9. „Англия - Германия 0:0“. eu-football.ru. 2017-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-noyabr.
  10. „Cork, Jack“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2018-yil 10-dekabr.