Natasha Mack (talaffuzi: Natasha Mak, 1997-yil 3-noyabrda tugʻilgan)[1] — amerikalik basketbolchi, hozirda erkin agent. U 2021-yilgi WNBA draftida Sky jamoasi tomonidan chaqirilgunga qadar oʻzining tugʻilgan shahri Lufkin, Texas va Angelina kollejidagi Oklahoma shtati universitetlar terma jamoasida oʻynagan.

Natasha Mack
Erkin agent
Pozitsiyasi Hujumchi
Liga WNBA
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 3-noyabr 1997-yil (1997-11-03) (26 yosh)
Lufkin, Texas
Boʻyi 6 ft 4 in (1.93 m)
Faoliyati haqidagi maʼlumotlar
Maktab Lufkin (Lufkin, Texas)
WNBA drafti 2021 / Tur: 2 / Tanlash: 16- overall
Chicago Sky tomonidan tanlangan
Oʻyindagi faoliyati 2021—hozirgacha
Faoliyatidagi yorqin voqealar va mukofotlar

Yoshligi

tahrir

Mack Texasning Lufkin shahrida tugʻilgan.[2] U Lufkin oʻrta maktabining basketbol jamoasida oʻynagan. Oʻrta maktabni toʻrt yulduz mukofotini olib tamomlagan va Houston universitetida oʻynash uchun ishga olingan.[3] Biroq, u koʻp oʻtmay, oʻzini charchaganini, jamoaga mos kelmasligini va uydagi keskinlikni his qilganidan keyin universitetni tark etdi.[4] Keyinchalik u Lufkinga qaytib keldi va parrandachilik zavodida ishladi.[4]

Kollej jamoasidagi faoliyati

tahrir

Oʻrta maktabni tugatib, Houstonni tark etganidan bir yil oʻtgach, Mackni Lufkindagi mahalliy Anjelina kollejida basketbol boʻyicha yordamchi murabbiy sifatida Rendi McKelvi ishga yolladi. U dastlab basketbolga qaytishni istamadi. Biroq bir necha kundan keyin rozi boʻldi. U oʻzining birinchi kurs mavsumidan soʻng oʻsmirlar-kollej yulduzlari chempionatiga tanlab olindi va All-American nomini oldi. Ikkinchi kurs mavsumidan keyin NJCAA yilning eng yaxshi oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi.

Oʻzining katta mavsumidan soʻng, u Big-12 umumiy himoyachi sifatida birinchi jamoaga kiritildi. Mavsum oxirida Big-12 ning eng yaxshi himoyachisi va WBCAda ham yilning eng yaxshi himoyachisi deb topildi.[5][6][7]

Kollej statistikasi

tahrir

Manba[8]

Jadval tavsifi
  GPOʻynalgan oʻyinlar  GS Oʻyinlar boshlanishi MPG Oʻyin uchun daqiqalar
 FG% Maydondagi gollar foizi 3P% Uch ochkoli gollar foizi FT% Erkin to'p otish foizi
 RPG Har bir oʻyindagi rebound (basketbol) APG Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol) SPG Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol) PPG Oʻyin uchun ochko Bold Karyera
YilJamoaGPBallarFG%3P%FT%RPGAPGSPGBPGPPG
2017—2018Angelina31682. 580.333. 66212.91.51.75.122.0
2018—2019Angelina33791.591. 229. 64511.62.31.65.524.0
2019-20Oklahoma27476. 516. 125.67712.50,91.53.617.6
2020-21Oklahoma28554. 529. 000. 63412.41.82.04.019.8
Faoliyati (I jami)551030. 523. 111. 65312.41.41.93.818.7

Chikago Sky (2021)

tahrir

Mack 2021-yilgi WNBA draftining ikkinchi bosqichida Chicago Sky jamoasi bilan shartnoma imzolagan. U 2021-yil 13-mayda Sky jamoasi tarkibidan chiqarib yuborildi[9]. Lekin koʻp oʻtmay, 18-mayda jamoa bilan qayta shartnoma imzoladi.[10] Mack 2021-yil iyun oyida jamoadan chiqarib yuborilishidan oldin Sky bilan birmuncha murakkab shartnomalar imzolagan edi.[11]

Minnesota Lynx (2021)

tahrir

Mack Lynx jamoasi bilan 2021-yil 6-iyulda 7 kunlik shartnoma imzolagan.[12]

Manbalar

tahrir
  1. „Natasha Mack“ (en). WNBA.com. Qaraldi: 2021-yil 16-aprel.
  2. Beames. „Lufkin native Natasha Mack picked by Chicago Sky in WNBA draft“ (en-US). KTRE (2021-yil 15-aprel). 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-aprel.
  3. Wright. „'Can't be cutting chicken wings': How Oklahoma State's Natasha Mack became a WNBA prospect“ (en-US). The Oklahoman (2021-yil 11-mart). Qaraldi: 2021-yil 16-aprel.
  4. 4,0 4,1 Gentry. „Natasha Mack has one of the most unique stories of any WNBA Draft prospect“. The Athletic (2021-yil 13-aprel). Qaraldi: 2021-yil 16-aprel.
  5. Wisniewski. „Natasha Mack could fill Storm's void left behind by Natasha Howard“ (en). NBC Sports Northwest (2021-yil 15-aprel). 2022-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  6. „Natasha Mack - 2020-21 - Women's Basketball“ (en). Oklahoma State University Athletics. Qaraldi: 2021-yil 16-aprel.
  7. „Oklahoma State's Natasha Mack named 2021 WBCA NCAA Division I Defensive Player of the Year“ (en). Women's Basketball Coaches Association (2021-yil 1-aprel). Qaraldi: 2021-yil 16-aprel.
  8. „Natasha Mack, 6-4, F, Oklahoma State“. aces.wnba.com. Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
  9. „Chicago Sky Waive Brittany Boyd-Jones, Alexis Prince, Lexie Brown, Kobi Thornton and Natasha Mack“ (en). Chicago Sky (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  10. „Sky Re-Sign Natasha Mack“ (en). Chicago Sky (2021-yil 18-may). Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  11. Zimmerman. „The Chicago Sky have waived Natasha Mack. Sierra Campisano has cleared waivers after being waived Tuesday.“. Twitter.com. Twitter. Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
  12. „Minnesota Lynx Sign Rookie Forward Natasha Mack“. lynx.wnba.com. WNBA. Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.

Havolalar

tahrir