Prodromal davr
Prodromal davr (yun. prodromos — oldindan xabarlovchi, darak beruvchi) — yuqumli kasallikning yashirin davridan soʻng boshlanib, uning asosiy klinik belgilari yuzaga chiqqunigacha boʻlgan davr. Bu davrda patogen mikrob oʻziga moyil aʼzo yoki toʻqimada koʻpaya boshlab, agressiv ferment va toksinlar ishlab chiqaradi. Prodromal davrbir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Bu davrda koʻpgina yuqumli kasalliklarga xos umumiy belgilar: gavda haroratining koʻtarilishi, bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, lanj boʻlish, ishtaha yoʻqolishi va boshqa kuzatiladi. Prodromal davrdan soʻng yuqumli kasallikning avj olish davri boshlanadi va bemorda kasallikning asosiy belgilari namoyon boʻladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
🔥 Top keywords: Maxsus:SearchBosh SahifaAndoza:Seks ishchi (orden)Bemorni parvarish qilishAllohning 99 nomiIMGSRC.RUForobiyAmir TemurShashmaqomQarluqOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAmir ShohmurodTugʻruqAlisher NavoiyMicrosoft ExcelFalsafaOʻzbekistonAvtomobilOrttirilgan immun tanqisligi sindromiMicrosoft WordRavishAvtomobil dvigateliUEFA Yevro 2024Xiva xonligiXavfsizlik texnikasiJinsiy aloqaErkak jinsiy aʼzosiHayzMuhammadBobomurod HamdamovHaj: Jannat onalar oyog‘i ostidaBuxoro amirligiXufton namoziZardushtiylikAmir NasrullohYurakShavkat MirziyoyevIslom KarimovAseptika