Usmonli-serb urushi

Usmonli-Serb urushi (serb. Hertsegovachki ustanak 1876 — 1877), Turk-Serbiya urushi yoki Birinchi Turk-Serbiya urushi — 1876-1877-yillar oraligʻida Usmonlilar imperiyasi va Serbiya knyazligi oʻrtasidagi urush.

Usmonli-serb urushi
Serblarning mustaqillik uchun birinchi urushi

Sanalar1876-yil 30-iyun—1877-yil 28-fevral
Urush yeriKOsovo, Serbiya
SababBosniya-Gersegovinani tiklash
NatijaUsmonli g'alabasi
Raqiblar
Serbiya knyazligi

Chernogoriya knyazligiBolgar ko'ngillilariRus ko'ngillilari

Usmonli imperiyasi
Qoʻmondonlar
Milan Obrenovich

Mixail ChernyayevNikifor DuchichMixail IlichMilan Sandich

Abdukarim Nodir posho

Usmon Nuri poshoAhmed Muxtor poshoSuleyman posho

Kuchlar
89,000-100,00090,000-139,000
Yoʻqotishlar
1,5001,000

Serbiya va Chernogoriya tomonidan norasmiy ravishda qoʻllab-quvvatlangan Bolqonda Usmonli qoʻshinlariga qarshi bir qator qoʻzgʻolonlar boshlandi (Masalan, Gersogevina qoʻzgʻoloni). Chernogoriya va Serbiya 1876- yil 18-iyunda Usmonli imperiyasiga urush eʼlon qildi.Iyul-avgust oylarida Usmonli yerlariga yomon tayyorgarlik koʻrgan va yaxshi jihozlanmagan serb armiyasi va rus koʻngillilari tomonidan hujumlar uyushtirildi. Bunga javoban turk armiyasi Serbiya armiyasini o‘z chegaralaridan quvib chiqardi va Serbiya hududiga kirdi[1]. Endi bu turklar uchun bosqinchilik urushi fatida davom etdi. Biroq Serbiya armiyasi bo‘linmalari turk armiyasini to‘xtata oldi. Avgust oyining oxirida Yevropaning buyuk davlatlari ikkala tomonni ham tinchlikka chaqirishdi. Bir oylik sulh bitimi imzolandi. Yevropa davlatlari tinchlikka rozi boʻlmagan serblarga bosim oʻtkaza boshladilar. Ayni paytda Usmonli imperiyasi taklif qilgan tinchlik shartlari Yevropa davlatlari tomonidan rad etildi[2].Oktyabr oyida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tugaganidan so‘ng Turkiya armiyasi hujumni davom ettirdi. Bu safar Serb armiyasi qarshilik ko'rsata olmadi va orqaga chekinishni boshladi. Natijada, 1876-yil 31- oktyabrda Rossiya Usmonli imperiyasiga 48 soat ichida qo'shinlarini to'xtatishi va Serbiya bilan yangi sulh tuzishi kerakligi haqida ultimatum qo'ydi. Rossiya armiyasida qisman safarbarlik e'lon qildi va Serbiyani qo'llab-quvvatlash uchun 20 ta diviziyadan iborat armiya tuzdi. Ushbu vaziyat natijasida Usmonli imperiyasi Rossiyaning ultimatum shartlarini qabul qilganligini e'lon qildi[3].Ushbu urushdan soʻng darhol Usmonli imperiyasi va Rossiya imperiyasi oʻrtasida 93 urushi boshlandi. 1877-1878-yillari Usmoniy davlati bilan Rossiya oʻrtasida yuz bergan urush, Usmoniylarning magʻlubiyati bilan tugadi.Rus qoʻshini gʻarbdan Yeshilkoʻyga (sobiq Ayastefanos), sharqdan Erzurumgacha keldi. 1878-yilning 3-martida Usmoniy davlatining tinchlik taklifi ortidan (Rus qoʻshinlari bosh qoʻmondoni Nikolay turklarning bu iltimosini qabul qilgan edi) Istanbulning Yeshilkoʻy tumanidagi San-Stefano qishlogʻida tinchlik shartnomasiga qoʻl qoʻyildi. Bu shartnoma juda ham ogʻir shartlarni oʻz ichiga olgan. Urush rus qoʻshinlarining hal qiluvchi gʻalabasi bilan yakunlandi. Urush oxirida San-Stefano shartnomasi va Berlin kelishuvlari bilan Serbiyaga mustaqillik berildi. Natijada, Serbiya, Chernogoriya va Ruminiya toʻliq mustaqillikka erishadi va chegaralari kengaytiriladi[4].


Jadval
Mamlakatlar1876 yildagi aholi soniqoʻshinlarOʻldirilganYaralanganJarohat bilan vafot etgan
Serbiya1 600 000100 00087729991534
Chernogoriya115 00028 000Aniq maʼlumotlar yoʻqAniq maʼlumotlar yoʻqAniq maʼlumotlar yoʻq
Jami1 715 000128 0005877
Usmonli imperiyasi41 000 000139 00010002000
Jami42 715 000267 0006877

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir